Pandigonning bugungi jamoliga keksayu yoshning havasi kelmoqda
Foto: Xalq soʻzi
“Obod xonadon — obod koʻcha — obod mahalla” tamoyili asosida Fargʻona viloyatining Rishton tumaniga qarashli chekka hudud — “Pandigon” MFYda keng qamrovli qurilish-bunyodkorlik ishlari olib borilib, qisqa fursatda mahalla zamonaviy qiyofaga ega boʻldi.
Bu borada belgilangan ishlar toʻliq yakuniga yetkazilgani munosabati bilan tashkil etilgan tantanali tadbirda viloyat va tuman sektorlari rahbarlari, qoʻshni Qirgʻiziston Respublikasining Qadamjoy, Batken tumani hokimlari hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
Taʼkidlanganidek, koʻp yillik tarixga ega va uzoq vaqt davomida eʼtibordan chetda qolib ketgan mahallada respublika va viloyat byudjeti hisobidan 8,4 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ sarflandi. Shu tariqa mahalla infratuzilmasi yaxshilandi hamda aholining yashash sharoiti butunlay oʻzgardi. Ezgu maqsad ijobati yoʻlida mahalladagi 755 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, aniqlangan muammolar bartaraf etildi hamda ehtiyojmand oilalarga moddiy va maʼnaviy koʻmak berildi.
Xususan, Yangihayot, Maktab, Shifokorlar, Toshyoʻli, Namuna va Istiqbol koʻchalarining 3 km qismi asfaltlashtirildi. Shuningdek, 5 ta koʻchaning 3,5 km qismi shagʻallashtirilib, asfaltlash ishlariga tayyor holatga keltirildi. Toshyoʻli koʻchasining 450 metr qismida piyodalar yoʻlakchasi barpo etildi.
Oʻz navbatida beshta koʻchaga 203 dona beton tayanch ustunlari oʻrnatilib, 6,5 km zamonaviy elektr kabellari tortildi. Mustaqillik koʻchasiga yangi transformator oʻrnatilgan boʻlsa, Toshyoʻli va Shodlik koʻchalaridagi 2 dona transformatorlar joriy taʼmirlandi. Shu bilan birga 7 ta koʻchaga 7,4 km ichimlik suvi tarmogʻi tortilib, ichimlik suv qudugʻi va minorasi rekonstruksiya qilindi hamda yangi suv nasosi oʻrnatildi.
Yangitdan “Jamoatchilik markazi”, “Otalar guzari”, “Tikuvchilik sexi” barpo etildi. Oilaviy shifokorlik punkti uchun 300 mln. soʻm mablagʻ sarflanib, joriy taʼmirdan chiqarildi hamda kerakli tibbiyot uskunalari bilan jihozlandi.
Tomorqadan samarali foydalanish maqsadida 182 ta xonadonga 45 kg dan ortiq urugʻ tarqatilib, toʻqsonbosti ekinlari ekilishiga koʻmaklashildi. Mahalladagi 675 ta xonadonda obodonlashtirish ishlari olib borildi hamda 15 ming tupdan ziyodroq mevali va manzarali daraxtlar ekildi.
— Ayni jarayonda 11 ta kam taʼminlangan oila xonadonida 300 mln. soʻmlikdan koʻproq taʼmirlash ishlari bajarildi, — deydi mehnat faxriysi Tursunboy Abdurahmonov. — Oʻrganishlar davomida aniqlangan 88 nafar ishsizning doimiy bandligi taʼminlandi. Shuningdek, 4150 nafar fuqaro tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, 39 nafariga bepul dori-darmonlar tarqatildi. 6 nafariga order berilib, davolanish uchun sihatgoh va salomatlik markazlariga joylashtirildi.
Umuman olganda, bugungi kunda Pandigonning yangi va zamonaviy qiyofasi keksayu yoshning havasi kelmoqda.
Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring