“Oʻztransgaz” AJ komplayens-nazorat: mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 xodimga intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berildi

19:25 26 Oktyabr 2022 Jamiyat
439 0

Foto: Халқ сўзи

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda “Oʻztransgaz” AJ axborot xizmati rahbari Tolib Rahmatov maʼlum qildi.

Oʻtgan davr mobaynida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Komplayens-nazorat boʻlimi tomonidan 13-marta xizmat tekshiruvi oʻtkazildi. Mehnat qonunchiligi talablarini buzgan 28 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllash yuzasidan tavsiyalar berildi. 2 ta holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuraturaga taqdim etildi.

Shu bilan birga, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati Komplayens-nazorat boʻlimi yilning 3 choragi mobaynida tarkibiy tuzilmalarda korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha muntazam profilaktik tadbirlar oʻtkazdi.

Xodimlarga “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatida korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurash Siyosati, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy hamda tarkibiy boʻlinmalarida manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish boʻyicha nizom, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish boʻyicha yoʻriqnoma, shuningdek, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati, uning hududiy hamda tarkibiy boʻlinmalari xodimlarining korrupsiyaviy xatti-harakatlari va odob-ahloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari oʻtkazish boʻyicha reglamentning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Hisobot davrida ishchi guruhlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida jami 71 ta sayyor qabul oʻtkazildi. Ushbu sayyor qabullarda fuqarolardan jami 162 ta ogʻzaki murojaatlar tushgan boʻlib, koʻtarilgan muammoli masalalar joyida mutaxassislar tomonidan hal etildi yoki tegishli tartibda tushuntirishlar berildi.

2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyatiga jismoniy va yuridik shaxslardan 283 ta yozma, 196 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual qabulxonasi orqali, 13 ta elektron pochta orqali va 203 ta ogʻzaki murojaatlar kelib tushgan. Murojaatlarning koʻrib chiqilishi nazoratga olinib, 223 tasi qanoatlantirilgan, 258 tasi boʻyicha mualliflarga toʻliq tushuntirishlar berilgan va 18 tasi boʻyicha oʻrganishlar olib borilyapti.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?