Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi munosabatlar tartibga solinmoqda
Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Taʼkidlanganidek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari sifatini va eksport salohiyatini oshirish boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilmoqda.

Biroq amaldagi qonunchilik hujjatlarida tadbirkorlik subyektlarining doimiy ravishda xavfsiz oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarish majburiyati va masʼuliyati belgilanmagan.

Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini taʼminlash tizimi xalqaro talablarga toʻliq javob bermasligi natijasida respublikamizda oziq-ovqat mahsuloti isteʼmoli bilan bogʻliq kasalliklar, ovqatdan zaharlanish holatlari kuzatilmoqda, bu esa, oʻz navbatida, aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, sohada nazoratni kuchaytirish hamda mahsulot xavfsizligining umumiy tamoyillarini xalqaro talablardan kelib chiqqan holda belgilashga yoʻnaltirilgan qonunchilikni takomillashtirish zaruratini yuzaga keltirmoqda.

Qonun bilan oziq-ovqat mahsuloti xavfsizligini taʼminlashning asosiy prinsiplari, vakolatli davlat organlarining sohadagi vakolatlari aniq belgilanmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni muvofiqlashtirish maqsadida Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi boʻyicha idoralararo kengash faoliyati yoʻlga qoʻyilishi nazarda tutilmoqda.

Oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligiga doir sanitariya choralari, qoida va normalarni ishlab chiqish hamda qoʻllash tartibi sanitariya va fitosanitariya choralarini qoʻllash bitimi talablari bilan uygʻunlashtirilmoqda.

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonunning qabul qilinishi aholini xavfsiz oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashga, sohada davlat nazoratini kuchaytirishga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini hamda oziq-ovqat sohasining investitsiyaviy jozibadorligini va eksport hajmini oshirishga xizmat qiladi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.


Akmal MUHAMMADOV, Yunus BOʻRIYEV
(“Xalq soʻzi”) olgan suratlar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring