Ahvol qoniqarli emas — Xalq taʼlimi vaziri hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi

11:30 30 Noyabr 2021 Madaniyat
1633 0

Xalq taʼlimi vaziri Baxtiyor Saidov hududlardagi mavjud holat va muammolar yuzasidan fikr almashish maqsadida hududiy xalq taʼlimi boshqarmalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Xalq taʼlimi vazirligi xabariga koʻra, davra suhbati shaklida oʻtgan mazkur uchrashuvda tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, ularni hal etish yoʻllari tahlil qilingan.

Xususan, vazir har bir hududiy rahbar oʻz hududi boʻyicha barcha mavjud muammolarni bilishi lozimligi, qancha maktab mavjud boʻlsa kerak boʻlsa har birining holati bilan tanish boʻlishi shart ekanligini qayd etdi.

"Vazifaga kirishganimdan beri 3 ta hududda boʻldim, ahvol qoniqarli emas. Sizlar kerak boʻlsa hududingizdagi har bir maktabni bilishingiz lozim. U yerda mavjud muammolar, ularni hal etish yoʻllari sizda boʻlishi kerak. Faoliyatingizni oʻrganib, menda yuzaga kelgan birinchi savol nega hamma viloyatda koʻrsatkich har xil? Faoliyatingizni taqqoslab bir-biringiz bilan raqobat qiling, raqobat boʻlgan joyda albatta taraqqiyot boʻladi. Oʻzgarishni oʻzingizdan boshlang. Hududingizda mavjud pedagogika Oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilari bilan uchrashuvlar tashkil qiling, yaxshi pedagoglarni izlab toping, professional oʻz ishini yaxshi biladigan pedagoglaringiz ishtirokida boshqa oʻqituvchilaringizga mahorat darslarini tashkil qiling", — deya taʼkidladi vazir.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?