Oʻzbekistonning 7 universiteti “THE Impact Rankings” reytingida TOP-1000 talikdan joy oldi

14:02 13 Iyun 2024 Jamiyat
866 0

Shu yilning 11-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti “Times Higher Education” agentligi tomonidan 2024-yil uchun “THE Impact Rankings” reytingi eʼlon qilindi.

Reyting universitetlarning Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan belgilangan 17 ta Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) qoʻshgan hissasini tahlil qildi. Unda bu yil Oʻzbekistonning 53 ta oliy taʼlim muassasasi qayd etildi. Shulardan 7 tasi TOP-1000 talikdan joy oldi.

— Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti – 301–400-oʻrin;

— Toshkent davlat yuridik universiteti – 401–600-oʻrin;

— Oʻzbekiston milliy universiteti – 601–800-oʻrin;

— “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universiteti – 601–800-oʻrin;

— Samarqand davlat universiteti – 801–1000-oʻrin;

— Toshkent davlat texnika universiteti – 801–1000-oʻrin;

— Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 801–1000-oʻrin.

Reytingda Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti gender tengligi boʻyicha dunyoda 10-oʻrinni egalladi.

Maʼlumot oʻrnida, 2021-yilda eʼlon qilingan “THE Impact Rankings” reytingida yurtimizning 10 ta, 2022-yilda 30 ta, 2023-yilda esa 47 ta oliy taʼlim muassasalari oʻrin egallagan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?