Oʻzbekistonliklar jiyda eksportidan 9,1 million dollar ishlab oldi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar noyabr oylarida 30 ta xorijiy davlatga qiymati 9,1 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 5,4 ming tonna jiyda eksport qilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.
Mazkur davrda Oʻzbekiston eng koʻp jiyda yetkazib bergan davlatlar quyidagicha taqsimlangan:
- Turkiya – 2,1 ming tonna;
- Xitoy – 957,9 tonna;
- Qozogʻiston – 852,6 tonna;
- Rossiya – 508 tonna;
- Ozarbayjon – 396,3 tonna;
- Boshqa davlatlar – 568,8 tonna.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, eksport hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,2 ming tonnaga yoki 68,8 foizga oshgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring