O‘zbekistonlik voleybolchilar 12 yillik tanaffusdan keyin ilk bor qit’a birinchiligida qatnashmoqda
Shu kunlarda Yaponiyaning Chiba shahrida voleybol bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi ham ishtirok etyapti.
“S” guruhidan o‘rin olgan jamoamiz bugun Xitoyga qarshi 2-tur uchrashuvini o‘tkazdi. Tajriba va mahorat bobida ustun bo‘lgan xitoyliklar bahsda 3:0 (25:14, 25:18, 25:16) hisobida g‘alabaga erishdi. Afsuski, ushbu bellashuvdan keyin jamoamiz keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini pasaytirib yubordi. Boisi Avstraliyaga qarshi kechgan 1-turda ham yigitlarimiz 0:3 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.
Endi O‘zbekiston jamoasi guruhdagi so‘nggi turni ertaga Quvaytga qarshi o‘tkazadi. Qayd etish joiz, jamoamiz 12 yillik tanaffusdan keyin ilk bor qit’a birinchiligida qatnashmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring