O‘zbekistonlik talabalar xalqaro chempionatda eng yaxshilar qatoridan joy oldi

Yaqinda Belarus Respublikasining Jodino shahrida “BELAZ” OAJ bazasida MDH davlatlarining yetakchi texnik oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida “BELAZ CHALLENGE — 2025” nomli mashinasozlik ishlari bo‘yicha xalqaro chempionat bo‘lib o‘tdi.
“BELAZ CHALLENGE — 2025” — xalqaro ta’lim loyihasi bo‘lib, u MDH mamlakatlaridagi texnik oliy o‘quv yurtlarining eng yaxshi talabalari orasida tog‘-kon sanoati muammolarini hal etish, mavjud masalalarga istiqbolli yechimlar topish bo‘yicha noyob imkoniyat yaratuvchi platformadir.
Intellektual bahslarda 10 ta jamoa, shu jumladan, O‘zbekistondan “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS”ning Olmaliq filiali jamoasi qatnashdi. Mazkur keng ko‘lamli forumda O‘zbekiston sharafini filialning konchilik boshqarmasi jamoasi yuqori tayyorgarlik, muhandislik tafakkuri va jamoaviy ruhni namoyon etgan holda himoya qildi.
Qizg‘in kechgan bellashuvda talabalar umumjamoa hisobida 51 ochko jamg‘arib, Ural davlat konchilik universiteti, Sibir federal universiteti va boshqa oliy o‘quv yurtlari kabi kuchli raqobatchilarni ortda qoldirib, faxrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Jamoa tarkibida Muhriddin Jumaqulov, Doniyor Elyorov va Kirill Ivanovlar bor edi.
Filialning professor-o‘qituvchilari rahbarligida talabalarning chempionatga tayyorgarligi ikki yarim oydan ortiq davom etdi.
Tizimli va intensiv mashg‘ulotlar tufayli talabalarimiz rekord miqdordagi nominatsiyalarni qo‘lga kiritdilar. Xususan, “Eng ilg‘or video vizitka”, “Ichki yonuv dvigatellarining issiqlik holati” ishini hal qilishda eng nostandart yondashuv”, “Talabalar ligasining tan olinishi”, “BELAZ obyektivda” fototanlovida g‘alabaga erishildi.
Yakuniy reytingda Olmaliq filiali jamoasi faqat Sankt-Peterburg konchilik universiteti (1-o‘rin — 57 ochko) va Kuzbass texnika universiteti (2-o‘rin — 56 ochko)ga imkoniyatni boy berdi.
“Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti MISiS”ning Olmaliq filiali jamoasining g‘alabasi nafaqat talabalarning shaxsiy muvaffaqiyati, balki O‘zbekiston texnik ta’limining xalqaro maydondagi nufuziga qo‘shilgan salmoqli hissadir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Toshkentda Parlament ayol aʼzolari forumining 39-sessiyasi boʻlib oʻtdi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring