Oʻzbekistonlik sportchi 42 kmlik marafonda finishga yetib kela olmadi

Fransiya poytaxtida oʻtkazilayotgan yozgi Olimpiada oʻyinlarida oʻzbek sportchilari oʻz ishtiroklarini davom ettirmoqda.
Yengil atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shohruh Davlatov “Parij-2024” yozgi Olimpida oʻyinlaridagi ishtirokini yakunladi.
Erkaklar oʻrtasida 42 km 195 metr masofaga kechgan marafonda qatnashgan hamyurtimiz finishgacha yetib kela olmadi.
Hamyurtimiz Shohruh Davlatov 30-kilometrdan soʻng oʻzini yomon his qilgani bois trassadan chetga chiqdi va finishgacha bormasdan musobaqani yakunlashga qaror qildi.
Ushbu bahsda efiopiyalik Tamirat Tola yangi Olimpiya rekordi (2:06.26) bilan marraga birinchi boʻlib yetib keldi. Kumush medal belgiyalik Bashir Abdiga (2:06.47) nasib etgan boʻlsa, keniyalik Benson Kipruto (2:07.00) kuchli uchlikni yakunlab berdi.
Qayd etish kerakki, Shohruh bahslarni juda yaxshi boshlagandi. Marafonning dastlabki 15 kilometrida ham u yetakchi 15 nafar sportchi ichida ketayotgandi.
Bahslarda 81 nafar atlet qatnashdi va ularning 10 nafari finishga yetib bora olmadi.
Bungacha Hasanboy Doʻsmatov va Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev “Parij-2024”ning boks bellashuvlarida oltin medallarni qoʻlga kiritgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring