Oʻzbekistonlik shifokorlar Samara davlat tibbiyot universitetining xalqaro markazida malaka oshiradi
Ayni kunlarda poytaxtimizda “Neyropsixiatriyada diagnostika va davolashning innovatsion yondashuvlari: aholining zaif qatlamlariga eʼtibor va professional hamkorlikning afzalliklari” halqaro ilmiy-taʼlim loyihasi amalga oshirilmoqda.Loyiha doirasida tashkil etilgan oʻquv kurslarining ochilish marosimida Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Basitxanova, tibbiyot oliygohlari, hududiy tibbiyot muassasalari masʼullari, psixiatriya sohasidagi yetakchi olim va ekspertlar hamda Rossiya Federatsiyasining Samara davlat tibbiyot universiteti vakillari ishtirok etdi.
Taʼkidlash joiz, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tomonidan Oʻzbekiston psixiatrlar assotsiatsiyasi va Samara davlat tibbiyot universiteti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mazkur loyiha zamonaviy psixiatriya, narkologiya, psixofarmakoterapiya, psixoterapiya, tibbiy psixologiya, psixiatriya va narkologik yordamni tashkil etishning dolzarb masalalari yuzasidan oʻzaro fikr va tajriba almashishga qaratilgan.
Qolaversa, loyihaga koʻra yosh olimlarning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, sohadagi dolzarb muammolarning ilmiy jihatdan yechimini topishga koʻmaklashish nazarda tutilgan.
Tadbirda Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Samara davlat tibbiyot universiteti oʻrtasida psixiatriya va narkologik yordam, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish, mahorat dasrlari va anjumanlar tashkil etish, telemeditsina kabi yoʻnalishlarda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha bitim imzolandi.
Shuningdek, kelgusi yili 20 nafar oʻzbekistonlik shifokorni malaka oshirish uchun Samara davlat tibbiyot universitetining Neyropsixiatriya xalqaro ilmiy-taʼlim markaziga yuborish boʻyicha kelishuvga erishildi.
Bundan tashqari, 21-oktyabrga qadar davom etadigan ushbu loyiha yakunida eng faol uch nafar qatnashchi 2024-yilda Samarqanddagi Psixiatriya maktabida oʻqish uchun grant olish imkoniyatiga ega boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring