Oʻzbekistonlik oʻquvchilar xalqaro sport turnirida 13 ta medalni qoʻlga kiritdi

15:02 22 Dekabr 2022 Sport
772 0

Joriy yilning 21-dekabr kuni Qozogʻistonning Almati shahrida taekvondo boʻyicha bolalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan xalqaro turnirda hamyurtlarimiz ham munosib ishtirok etishdi.

Jumladan, mazkur nufuzli musobaqada Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining yosh taekvondochilari kuchli jamoalar qatorida eʼtirof etildi.

Oʻzbekistonlik oʻquvchilar mazkur bahslarda umumjamoa hisobida 13 ta, xususan 7 ta oltin, 3 ta kumush hamda 3 ta bronza medaliga sazovor boʻlishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер