Oʻzbekistonlik futbolchi “Real Madrid”ga oʻtishi mumkin
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi va Fransiyaning “Lans” klubi himoyachisi Abduqodir Husanov transferi uchun kurashga Ispaniyaning “Real Madrid” klubi ham qoʻshildi, deb xabar bermoqda “Fichaches” nashri.
Manbaga koʻra, Real Madrid oʻzining markaziy himoyasini kuchaytirish uchun bir nechta oʻyinchilarni kuzatmoqda. Karlo Anchelotti jamoasini kuchaytira oladigan futbolchini izlash skaut Xuni Kalafatga ishonib topshirilgan.
Abduqodir Husanov taxminan 20 million yevroga baholanmoqda. “Lans”ning asosiy oʻyinchisi “PSJ” hamda APLning bir nechta yirik klublari eʼtiborini ham jalb qilgan. Koʻrinishidan, bu keskin kurash “Manchester Siti” va “Real Madrid” oʻrtasida boʻlishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.
“Abduqodir oʻz pozitsiyasida Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri ekanini allaqachon isbotladi. U yosh va har kuni kuchayib bormoqda. U Yevropaning eng yaxshi klublarida oʻynashga loyiq. Bizning «Lans” bilan juda yaxshi munosabatlarimiz bor, klub ham futbolchi uchun eng yaxshi tanlovni amalga oshirish tarafdori. Agar transfer muvaffaqiyatli amalga oshsa, klub yosh futbolchiga ishonch bildirgani uchun munosib mukofot oladi», deydi futbolchining vakili Gʻayrat Xasbiullin AS gazetasiga bergan intervyusida.
Eslatib oʻtamiz, Abduqodir Husanovni Madrid jamoasiga jalb qilish vazifasi yuklatilgan Xuni Kalafat jahon futbolida katta nomlarni kashf qilgan shaxslardan biri sanaladi.
U Vinisius, Valverde, Rodrigo, Kamavinga va Arda Guler singari futbolchilarni topgan va klubga olib kelishda asosiy vazifani bajargan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring