Oʻzbekistonlik chavandoz Abu-Dabidagi musobaqada birinchi oʻrinni egalladi
Joriy yilning 11–15-fevral kunlari Abu-Dabida dunyodagi eng muhim va nufuzli turnirlardan biri — xalqaro CSI5* ot sporti musobaqasi rasmiy tarzda boshlandi. Unda dunyoning eng yaxshi chavandozlari toʻplangan boʻlib, ishtirokchilarning mahorati xalqaro maydonda sinalmoqda.
Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon Gaziyev CSI2* Al-Khail Square Cup toifasida birinchi oʻrinni egalladi. U balandligi 130 sm boʻlgan toʻsiqlar dasturida barcha raqiblarini ortda qoldirdi.
. Gaziyevdagi aniqlik, tezlik va texnik ustunlik kuchli raqobatchilarini ortda qoldirishga imkon berdi.

Ushbu musobaqada Germaniya, AQSH, Italiya, Braziliya, Gretsiya va boshqa davlatlardan kelgan 60 dan ortiq kuchli chavandozlar ishtirok etdi. Bahromjon Gaziyevning gʻalabasi Oʻzbekistonning xalqaro maydonda yuqori darajadagi raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring