Oʻzbekistonlik akrobatlar Amsterdamdagi teatrda 10 metr balandlikdan yiqilib tushdi. Ularning ahvoli ogʻir.
Oʻzbekistonlik havo akrobatlari Kristina Vorobyova va Rustem Osmanov 3-yanvar kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahridagi Karre teatrida chiqish chogʻida 10 metr balandlikdan pastga yiqilib tushgan. Fojea Rustem Osmanov bir qoʻli bilan Kristina Vorobyovani ushlab, ikkinchisini boʻshatayotgan paytda roʻy bergan. Bu haqda “MIR” kanali xabar qildi.
Juftlik bir vaqtning oʻzida yiqilgan: Vorobyova orqasi bilan yiqilgan va harakatsiz qolgan. Muxlislar avvaliga bu voqeani chiqishning bir qismi sifatida qabul qilishgan, ammo tez orada boshlovchi barchadan zalni tark etishlarini soʻragan. Ayni paytda akrobatlar shifoxonada, ularning ahvoli ogʻir ekanligi aytilyapti.
Kristina Vorobyova va Rustem Osmanov Sky Angels duetida koʻplab mukofotlarga sazovor boʻlgan. Ular tishda osilib turishdek oʻta murakkab tryukni bajara oladigan oʻzbekistonlik yagona sirk artistlaridir. Ular oʻz namoyishlarini himoya toʻrisiz amalga oshirib kelishgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring