Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistondan Rossiyaga eksport qilingan pomidorlarda virus aniqlandi. Bu haqda Rossiyaning Veterinariya va fitosanitariya nazorati federal xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 25-oktyabr kuni Rossiyaning Yekaterinburg shahridagi yuklarni vaqtinchalik saqlash omboriga Oʻzbekistondan eksport qilingan 1,3 tonna pomidorda “jigarrang bujmayish virusi“ borligi aniqlangan.
Mazkur virus mavjudligi Yekaterinburgdagi FGBU (Butunrossiya Oʻsimliklarni Himoya qilish Ilmiy-Tadqiqot Instituti) tomonidan oʻtkazilgan laboratoriya tadqiqotlari natijalari bilan tasdiqlangan.
Shu boisdan xavfli virusning Rossiyaga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish maqsadida zararlangan mahsulotlar eksportchining qarori bilan yoʻq qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring