Oʻzbekistondagi “Haj – 2025” mavsumi qachon boshlanishi maʼlum qilindi
Oʻzbekistondagi 2025-yilgi Haj mavsumi shu yilning 13-may kunida boshlanadi hamda 28-mayga qadar har kuni yurtimizdan Saudiya Arabistoniga aviaqatnovlar amalga oshiriladi. Bu haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, ziyoratchilar yurtimizning 9 ta hududidagi Toshkent, Buxoro, Namangan, Samarqand, Qarshi, Termiz, Urganch, Navoiy va Nukus shaharlaridagi aeroportlar orqali Madina shahriga toʻgʻridan-toʻgʻri uchadi.
Shuningdek, aviaparvozlar “Uzbekistan Airways” bilan birga “FlyNas” va “FlyAdeal” aviakompaniyalari tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
«Haj tadbirlarini tashkil etish boʻyicha tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.
Ayni vaqtga kelib, ziyoratchilar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan, emlash ishlari olib borilgan, guruh rahbarlari va shifokorlar biriktirilgan, safar oldidan amaliy mashgʻulotlar tashkil etilgan, hujjatlar rasmiylashtirilgan hamda har bir ziyoratchiga “Haj – buyuk ibodatdir" qoʻllanmasi, sumka, nimcha, termos, soyabon, sim-karta va quvvatlagich taqdim qilinmoqda”, — deyiladi idora xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring