Oʻzbekistonda Wolkswagen avtomobillari ishlab chiqariladi

14:29 04 Mart 2020 Jamiyat
1641 0

“Oʻzavtosanoat” AJ va “Folksvagen Grup Rus” oʻrtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuv imzolandi, deya xabar bermoqda Spot.uz. Kelishuvga koʻra “Jizzax avtomobil zavodi” MCHJ bazasida Volkswagen konsernining yuk va yoʻlovchi tashuvchi yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi.

Hamkorlik 2020-yilda Volkswagen Caddy modelini ishlab chiqarish va bozorda realizatsiya qilishdan boshlanishi kutilmoqda. Avtomobil ikki koʻrinishda ishlab chiqariladi: 7 oʻrinli yoʻlovchi tashuvchi universal va yuk tashuvchi furgon.

Tomonlar yiliga 20 000 tagacha avtomobil ishlab chiqarishni rejalashitirishmoqda. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?