Oʻzbekistonda qoʻshimcha 375 ta turoperator faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Illyustrativ foto
Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatida 1 tadan, Qashqadaryoda – 2 ta va Buxoroda – 3 ta turizm qishlogʻini tashkil qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.
Buyuk ipak yoʻlining Zarafshon-Qoraqum koridori YUNESKOning Butunjahon merosi roʻyxatiga kiritilganiga bir yildan oshdi. Bu yerda 31 ta madaniy meros obyekti bor: Oʻzbekistonda 15 ta, Tojikistonda 9 ta, Turkmanistonda 7 ta.
Lekin soha mutasaddilarida ham, hokimlarda ham 3 ta davlatdan oʻtgan bu tarixiy yoʻnalish salohiyatidan foydalanish boʻyicha birorta taklif yoʻq. Masʼullarga bu yoʻnalishda yangi turizm marshrutini ishlab chiqib, keng targʻib qilish topshirildi.
“Turizmda oliy taʼlimni 4-yildan 3-yilga kamaytirib, dual tizimga oʻtkazdik. Nima uchun? Yoshlar koʻproq amaliy bilim olib, tajriba orttirishi kerak“, dedi Prezident.
Masalan, Toshkentdagi Singapur menejment instituti oliygoh hududida 10 qavatli mehmonxona turizm klasteri tashkil qilmoqda. Yiliga 200 nafar talaba, 300 nafar oʻqituvchi mehmonxona boshqaruvi, marketing kabi yoʻnalishda amaliyot oʻtash va malaka oshirish imkoniga ega boʻladi.
Dual taʼlim boʻyicha hududlarda ham yaxshi tajribalarni koʻpaytirish, joriy yilda 500 nafar talabani turizm boʻyicha amaliyot oʻtash va ishlashga yuborish muhimligi taʼkidlandi.
Umuman, yigʻilishda aytilgan imkoniyatlarni ishga solib, joriy yilda turizm sohasida:
- xorijdan 15 million turist jalb qilish va eksportni 4 milliard dollarga yetkazish;
- 635 ta mehmonxona va mehmon uylarini ishga tushirish, 50 mingta yangi ish oʻrni yaratish;
- qoʻshimcha 375 ta turoperator faoliyatini yoʻlga qoʻyish;
- Andijon, Jizzax, Navoiy, Surxondaryo, Toshkent viloyatida 1 tadan, Qashqadaryoda – 2 ta va Buxoroda – 3 ta turizm qishlogʻini tashkil qilish ustuvor vazifalar etib belgilandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring