Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik ish haqi oshdi

11:26 26 Iyul 2024 Iqtisodiyot
258 0

Respublikada nominal hisoblangan oʻrtacha oylik ish haqi koʻtarildi. Bu haqda Statistika agentligi maʼlum qildi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, joriy yil yanvar–iyul oylarida Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 5 million 92 ming soʻmga yetgan. Bu koʻrsatkich 2023-yilning mos davrida 4 million 337 ming soʻm boʻlgan.

Qayd etilishicha, yarim yil mobaynida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori koʻrsatkichlari Toshkent shahrida (8,4 million soʻm), Navoiy (6,6 million soʻm), Toshkent (4,9 million soʻm), Andijon (4,4 million soʻm) viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida (4,2 million soʻm) kuzatildi.

Olti oy davomida hududlar boʻyicha oʻrtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining eng yuqori oʻsish surʼatlari Toshkent shahrida (20,2 foiz), Samarqand (18,2 foiz), Andijon (17,6 foiz), Fargʻona (16,8 foiz) hamda Navoiy (16,2 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Oʻrtacha oylik ish haqlari iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:

  • Bank, sugʻurta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati — 14,4 million soʻm;
  • Axborot va aloqa — 12,4 million soʻm;
  • Tashish va saqlash — 7,7 million soʻm;
  • Sanoat — 6,2 million soʻm;
  • Savdo — 5,9 million soʻm;
  • Qurilish — 5,4 million soʻm;
  • Yashash va ovqatlanish xizmatlari — 4,6 million soʻm;
  • Taʼlim — 3,5 million soʻm;
  • Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish — 3,3 million soʻm.

Maʼlumot uchun, mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga soʻnggi marta 2023-yil 1-dekabrdan oʻzgartirish kiritilgan boʻlib, 1 million 50 ming soʻmni tashkil etadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер