Oʻzbekistonda xususiy tugʻruqxonalar ochish mumkin boʻldi
“Reproduktiv yoshdagi ayollar, homiladorlar va bolalarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam sifatini oshirish va koʻlamini yanada kengaytirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining xususiy tibbiyot muassasalari uchun tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi takliflari maʼqullandi.
Yaʼni, tugʻruqni qabul qilish tibbiy faoliyat turi bilan shugʻullanish faqat Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining “Xavfsiz onalik” strategiyasi talablariga rioya etilishini taʼminlay oladigan tugʻruq, jonlantirish, chaqaloqlarni jonlantirish, muddatiga yetmay tugʻilgan chaqaloqlarni parvarish qilish, endovizual ginekologiya boʻlimlari, poliklinika, bakteriologik va klinik-biokimyo laboratoriyalari hamda yuqori malakali tibbiyot xodimlari mavjud boʻlgan, shuningdek, sogʻliqni saqlash va FHDYO organlari oʻrtasida tugʻilish va oʻlim toʻgʻrisida elektron maʼlumotlar almashinuvi dasturini doimiy yuritish sharti bilan xususiy tibbiyot muassasalariga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring