Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Dilmurod Islomov vafot etdi

Foto: Madaniyat vazirligi
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Oʻzbekiston doirachilari” jamoat birlashmasi raisi Dilmurod Islomov 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Dilmurod Islomov koʻp yillar davomida Oʻzbekistonda doira sanʼatining rivojlanishida fidokorona xizmat qilgan. U respublika “Zarb koʻrik-tanlovi”ning va “Doirachilar festivali”ning asoschisi hisoblanadi.
Shuningdek, doira ijrochiligi sanʼati boʻyicha 2014-yilda “Ustozlardan doira saboqlari” toʻplamini, 2015-yilda “Maxsus cholgʻu (doira usullari: ustozlar saboqlari)” oʻquv qoʻllanmasini, “Moziydan sado” monografiyasi va bir qancha ilmiy maqolalarni milliy va xorijiy jurnallarda chop etib, yosh ijrochilarni ustozlar merosidan xabardor etdi.
Shu bilan birga, konsert dasturlari bilan 100 dan ortiq xorijiy mamlakatlarda boʻlib, oʻzbek sanʼatini olamga tanitishga oʻz hissasini qoʻshdi.
“Dilmurod Islomov doira sanʼatining jonkuyar ustoz sanʼatkori va samimiy inson sifatida barchamizning qalbimizda mangu yashaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Xorijiy tillarni oʻrganmoqchi boʻlgan yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq subsidiya ajratiladi
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring