Oʻzbekistonda ilk marotaba ITga bagʻishlangan teatr festivali boʻlib oʻtadi

17:51 13 Aprel 2024 Jamiyat
703 0

25-30-aprel kunlari Madaniyat vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, IT taʼlim uyushmasi hamda Oʻzbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatri hamkorligida mamlakatimizda ilk marotaba “XXI asr bolalari” birinchi xalqaro bolalar teatrlari+IT festivali boʻlib oʻtadi.

Mazkur festivalni oʻtkazishdan maqsad madaniyat va IT sohalarini birlashtirish, kelajak avlod tarbiyasi va shaxs kamolotida ijodiy salohiyatni rivojlantirishdan iborat.

Qolaversa, zamon talablaridan kelib chiqqan holda, teatr sahnalarida dolzarb mavzulardagi asarlarni yaratish, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan oqilona foydalangan holda badiiy jihatdan yuksak spektakllar namoyish etish muhim boʻlib qoldi.

Festivalda Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Gruziya, Belarus, Kipr, Qalmogʻiston Respublikasi (Rossiya) davlatlaridan 60 ga yaqin ijodkorlar ishtirok etadi.

Dasturdan rasmiy ochilish marosimi, OAV ishtirokida xalqaro matbuot anjumani, IT mavzusiga bagʻishlangan spektakllar namoyishlari, ijodiy davra suhbatlari, fotosessiyalar oʻrin olgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?