Oʻzbekistonda hududiy elektr tarmoqlari boshqaruvini xususiy sektorga berish boshlanadi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpogʻistondagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida yiliga 250 trillion soʻmdan ziyod davlat xaridlari amalga oshirilayotgani qayd etildi. Shu bois, davlat xaridlarida mahalliy mahsulotlar ulushini oshirish vaqti kelgani taʼkidlandi.
Kelgusi yilgi davlat investitsiya dasturidagi har bir loyiha boʻyicha mahalliy mahsulotlar ulushi qancha boʻlishi aniq belgilanadi. Davlat xaridida endi mahalliy mahsulot ulushini oshirish ragʻbatlantiriladi.
Jumladan, energetika, neftgaz, kimyo, metallurgiya, temir yoʻl kabi tarmoqlardagi yirik korxonalar 2-3-yillik buyurtmalarini kooperatsiya portaliga oldindan joylashtiradi.
Mahalliy korxonalar esa ushbu buyurtmalar asosida yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyadi. Ularning loyihalariga dastlabki bosqichda 100 million dollar yoʻnaltiriladi.
Soʻnggi yillarda energetika sohasi isloh qilinib, xususiy sektorga keng yoʻl ochib berildi.
Bu orqali 3,5 milliard dollarlik xususiy sheriklik loyihalari ishga tushdi va yana 31,5 milliard dollarlik 50 ta loyiha boʻyicha ishlar jadal davom etmoqda.
Hududiy elektr tarmoqlarining boshqaruvini xususiy sektorga berishda amaliy bosqich boshlanadi. Xususan, oktyabrda Samarqand viloyatidagi elektr tarmoqlariga xususiy operator jalb qilish boʻyicha tender eʼlon qilinadi.
Kelgusi yil Jizzax va Sirdaryoda ham xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi.
Yer osti boyliklarini oʻzlashtirishga tadbirkorlarni keng jalb etib, ishlab chiqarishni koʻpaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Shu yilning oʻzidayoq 150 tadan ortiq kon va maydonlar tadbirkorlarga sotildi.
Yil yakunigacha yana 300 ta kon va maydonlar tadbirkorlarga taklif qilinadi.
Qurilishda qum-shagʻalga ehtiyojni qoplash maqsadida 110 million kub metr zaxirali 172 ta kon ham tadbirkorlik uchun ajratiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring