Oʻzbekistonda yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari Birmingem bozorlarida sotiladi
Elchi Ravshan Usmanov Birmingem Savdo-sanoat palatasi prezidenti Nasir Avan bilan uchrashdi.
Muloqot davomida investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, oʻzaro savdo va iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki mamlakatda joylashgan maxsus iqtisodiy zonalar va sanoat parklari oʻrtasida tajriba almashish maqsadida oʻzaro tashriflarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar va yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining Birmingem bozorlariga eksportini kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Muzokaralar yakunida ikki mamlakat ishbilarmon doira vakillari oʻrtasida B2B formatida uchrashuvlar tashkil etish va Britaniya kompaniyalari delegatsiyasining Oʻzbekistonga biznes missiyasini tashkil etish boʻyicha dastlabki kelishuvga erishildi.
Birmingem Savdo-sanoat palatasi 1813-yilda tashkil etilgan boʻlib, mamlakatdagi eng nufuzli tuzilmalardan biri hisoblanadi. Palata mintaqadagi kompaniyalarni qoʻllab-quvvatlash, rivojlantirish va xalqaro aloqalarni oʻrnatishga koʻmaklashadi. Ushbu tuzilma turli sohalarda faoliyat olib boruvchi 3100 dan ortiq yirik korxonalarni birlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring