Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi?

14:55 25 Avgust 2024 Iqtisodiyot
310 0

Oʻzbekistonda bankdan kredit olgan fuqarolar xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilganmi? Markaziy bankning Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsion siyosat departamenti direktori Akmal Nazarov bu haqda maʼlumot berdi.

Uning bildirishicha, qoidaga koʻra, bank va fuqaro oʻrtasidagi munosabatlarning barchasi fuqarolik huquqiy shartnoma hisoblangan kredit shartnomasi bilan tartibga solinadi. Bank bilan fuqaro oʻrtasidagi shartnomada fuqaroning xorijiy davlatga chiqishiga cheklov oʻrnatadigan hech bir qoida yoʻq. Boʻlgan taqdirda ham noqonuniy hisoblanadi.

“Chunki Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasiga asosan har kim Oʻzbekistondan tashqariga erkin chiqish huquqiga ega. Bu degani kredit shartnomasi sizning xorijga chiqishingizni cheklashi Konstitutsiya qoidalaridga zid hisoblanadi” deydi direktori Akmal Nazarov.

Shu bilan birga baʼzi hollarda, xususan, fuqaro qarzlarini vaqtida toʻlamagan va ishi MIBga chiqqan taqdirda qarzdorning xorijga chiqishi cheklanishi mumkinligini qayd etdi.

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish etish toʻgʻrisidagi qonunga asosan, sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi talablar belgilangan muddatda qarzdor shaxs tomonidan uzrsiz sababga koʻra ijro etilmaganda davlat ijrochisi undiruvchining arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekistondan chiqishii vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarishga haqli.

“Istisno hollar boʻlmasa, bankdan kredit olgan fuqaroning xorijga chiqish huquqi cheklanmaydi” deb taʼkidladi Markaziy bank vakili.

Faqat sud organlarining qarori bilangina fuqaroning xorijga chiqishiga cheklov qoʻyilishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер