Oʻzbekistonda avgustdagi pensiya va nafaqa toʻlovlari boʻyicha maʼlumot berildi

12:20 07 Avgust 2024 Iqtisodiyot
195 0

2024-yil avgust oyida pensiya toʻlovlarini naqdsiz shaklda oluvchilarga mablagʻlar toʻliq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamgʻarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, toʻlov roʻyxatlariga kiritilgan 4 million nafardan ortiq pensiya oluvchilar uchun talab etilgan mablagʻlar tijorat banklariga oʻtkazilgan. Pensiya toʻlovlarini naqd pulsiz shaklda, yaʼni bank plastik kartalari orqali oluvchi 3,1 million nafar (yoki jami oluvchilarning 78 foizi) fuqarolarga pullar toʻliq oʻtkazilgan.

“Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy toʻlovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib berilishini maʼlum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Biroq jamgʻarma eʼlon qilgan axborotda qancha miqdorda pensiya pullari toʻlab berilgani toʻgʻrisida maʼlumot keltirilmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер