Oʻzbekistonda 27-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

00:19 27 Avgust 2024 Jamiyat
113 0

“Oʻzgidromet” 27-avgust, seshanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 31-33 daraja boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 28-33 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 17-22 daraja, kunduzi 33-38 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.

  • Harorat kechasi 10-15 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер