Oʻzbekiston va Singapur transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantiradi

12:51 16 Yanvar 2023 Siyosat
467 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat transport vazirlari oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Transport vaziri I.Maxkamov Singapur Respublikasi Transport vaziri S.Isvaran bilan boʻlib oʻtgan muzokaralarda mamlakatlarimiz oʻrtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari muhokama etildi.

Xususan, tomonlar Singapur tajribasi asosida aeroportlarni rivojlantirish, jamoat transportini raqamlashtirish, respublikada transport - logistika markazlarini qurish, shuningdek, oʻzbek mutaxassislarini Singapurda tajribasini oshirishni tashkillashtirish boʻyicha qator kelishuvlarga erishdi.

Muzokaralar yakuni boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi va Singapur Respublikasi Transport vazirligi oʻrtasida transport sohasida Bitim imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?