Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi

14:45 26 Dekabr 2023 Jamiyat
645 0

Saudiya Arabistonining ommabop “An-Nahar News” onlayn nashrida “Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 70 taga yetkaziladi” sarlavhali maqola eʼlon qilindi.

Nashrda Xalqaro fuqarolik aviatsiyasi tashkilotining (ICAO) “ICAN–2023” tadbiri doirasida Oʻzbekiston Transport vazirligi delegatsiyasi Saudiya Arabistoni aviatsiya maʼmuriyati bilan muzokara oʻtkazgani maʼlum qilingan.

“Unda Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasida aviaqatnovlar sonini haftasiga 70 taga yetkazish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi, — deyiladi maqolada. — Ushbu kelishuv Oʻzbekistondan Haj va Umra amallarini bajarish uchun Saudiyaga keladiganlar hamda “Umra plyus” dasturi orqali Oʻzbekistonga ziyorat turizmi uchun boradigan xorijiy sayyohlarga keng imkoniyatlar yaratadi”.

Muzokaralar yakuniga koʻra, Toshkentdan Saudiya Arabistoni shaharlariga haftasiga 14 ta, shuningdek, xalqaro aeroportga ega boʻlgan Oʻzbekiston shaharlaridan Saudiya Arabistoniga haftasiga 21 ta muntazam parvozni yoʻlga qoʻyish boʻyicha kelishuvga erishildi.

“Muntazam aviaqatnovlarning qariyb ikki yarim barobar oshirilishi Oʻzbekistonning barcha aeroportlarini Saudiya Arabistoni bilan bogʻlash hamda ikki mamlakat oʻrtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi”, — deb yozgan “An-Nahar News”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?