Oʻzbekiston va Qozogʻiston chegarasida neft mahsulotlari kontrabandasi uchun qazilgan yashirin tunnel fosh etildi
Qozogʻiston va Oʻzbekiston chegarasida yonilgʻi-moylash materiallarini kontrabanda yoʻli bilan olib oʻtish uchun qazilgan 450 metrlik tunnel aniqlandi. Bu haqda “Tengrinews” xabar qildi.
Tunnel Qozogʻiston prokuraturasi tomonidan muvofiqlashtirilgan holda Turkiston viloyati boʻyicha MMA departamenti va Milliy xavfsizlik qoʻmitasi departamenti ishtirokida, shuningdek, Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari koʻmagida oʻtkazilgan operatsiya natijasida fosh qilindi.
Tergov maʼlumotiga koʻra, tunnel orqali kontrabanda faoliyati ikki oy davom etgan. Uning doirasida barqaror logistika yoʻlga qoʻyilgan, xorijdan moliyalashtirish taʼminlangan hamda neft mahsulotlarini tashish amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston huquqni muhofaza qiluvchi organlari ham oʻz hududida tegishli choralarni koʻrgan. Qoʻshma tadbirlar natijasida jinoiy sxemaning barcha ishtirokchilari, jumladan, Oʻzbekiston fuqarolari ham aniqlangan.
Maʼlumotlarga koʻra, Qozogʻistonda ham gumonlanuvchi sifatida besh kishi javobgarlikka tortilgan boʻlib, ularning barchasi Qozogʻiston fuqarolari boʻlishgan.
Avvalroq Qashqadaryo viloyatida fuqaroning tomorqasida 22 tup “kannabis” oʻsimligi ekilgani aniqlangani toʻgʻrisida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring