Qashqadaryoda tomorqasiga marixuana ekkan fuqaro aniqlandi
Qashqadaryo viloyatida fuqaroning tomorqasida 22 tup “kannabis” oʻsimligi ekilgani aniqlandi. Bu haqda viloyat Bojxona boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi masʼullari bilan hamkorlikda Chiroqchi tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Tadbir davomida fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilgan.
Oʻtkazilgan tekshiruv natijasida tomorqasida noqonuniy ravishda parvarish qilingan, giyohvandlik xususiyatiga ega boʻlgan 22 tup “kannabis” turiga mansub oʻsimliklar aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring