Oʻzbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti Firudin Safarov vafot etdi

15:58 26 Iyul 2024 Madaniyat
472 0

Madaniyat vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun, 26-iyul kuni Oʻzbekiston va Ozarbayjon Xalq artisti, taniqli rejissyor, opera sahnasining ajoyib ustasi Firudin Safarov 91 yoshda olamdan oʻtgan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Aytish joiz, Firudin Safarov opera teatr sanʼatida oʻziga xos oʻchmas iz qoldirgan noyob isteʼdod egasi, oʻz kasbiga sadoqatli va fidoyi sanʼatkor boʻlgan. Shuningdek, u Oʻzbekistondagi ommaviy bayramlarning badiiy rahbari va sahnalashtiruvchi-rejissyori sanalgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер