O‘zbekiston uzoq tanaffusdan so‘ng Qirg‘iziston va Turkmanistonga tamaki eksportini qayta tikladi
“British American Tobacco Uzbekistan”(“BAT”) O‘zbekiston-Buyuk Britaniya qo‘shma korxonasi uzoq yillik tanaffusdan so‘ng Qirg‘iziston va Turkmanistonga tamaki mahsulotlarini eksport qilishni boshladi.
Turli ob’ektiv sabablarga ko‘ra oxirgi o‘n yilda bunday tovarlarni qo‘shni davlatlarga yetkazib berish beqarorlik kasb etib kelayotgandi.
Mamlakatimizda valyuta siyosatining liberallashtirilishi natijasida “BAT” Samarqanddagi tamaki fabrikasini modernizatsiyalash va uni qo‘shni davlatlarga tayyor mahsulotlar yetkazib beruvchi mintaqaviy markazga aylantirish uchun qo‘shimcha investitsiya yo‘naltirishga qaror qildi.
Xabarga ko‘ra, 2018 yilning birinchi choragida Qirg‘iziston va Turkmanistonga tamaki mahsulotlari yuborish bo‘yicha dastlabki shartnomalar imzolandi. Qozog‘iston, Tojikiston va Mo‘g‘iliston bilan bu borada muzokaralar yakunlanish arafasida turibdi.
Binobarin, kompaniya tovarlarning dastlabki partiyasini may oyida Bishkekka jo‘natdi.
Ma’lumot uchun, “British American Tobacco Uzbekistan” brendiga 1994 yilda asos solingan bo‘lib, u shu paytga qadar mamlakatda mazkur sohani yangilash uchun 400 million AQSh dollari sarfladi. Ayni chog‘da kompaniyada 1200dan ortiq qishi ishlayapti, Samarqand viloyatidagi 600 nafar fermer va 7 ming nafar tabaka yetishtiruvchi bilan hamkorlik qilib kelinmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring