Oʻzbekiston umumiy yer maydonining 7,7 foizini oʻrmon bilan qoplangan yer maydonlari tashkil etadi

14:26 11 Avgust 2023 Jamiyat
343 0

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻrmon xoʻjaligi agentligi boʻlim boshligʻi Muzaffar Latipov maʼlum qildi.

Shuningdek, oʻrmon fondi yerlarining umumiy yer maydoni 11,8 mln gektarni, Oʻzbekiston umumiy yer maydonining 26 foizini tashkil qiladi.

Oʻrmon fondi yerlarining 82 foizi choʻl, 14 foizi togʻ, 4 foizi toʻqay hududidan iborat.

Oʻtgan olti oyda Respublikada ekologik vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida 200 ming gektar maydonda oʻrmon barpo qilish va qayta tiklash tadbirlari amalga oshirildi.

Oʻrmon fondidagi 3,5 ming gektar foydalanilmayotgan yer maydoni oʻzlashtirildi.

5 ming gektar maydonda dorivor va ozuqabop oʻsimliklar plantatsiyasi tashkil etilib, 2 ming tonna xomashyo yetishtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?