O'zbekiston U-23 terma jamoasining Parij Olimpiadasida ishtirok etuvchi tarkibi ma'lum
Foto: UFA
Oʻzbekiston olimpiada terma jamoasining "Parij-2024" uchun toʻliq tarkibini eʼlon qildi. Bu haqda UFA matbuot xizmati eʼlon qildi.
Turnir reglamentiga muvofiq, 3 nafar 23 yoshdan yuqori futbolchilar — Eldor Shomurodov, Oston Oʻrunov va Husniddin Aliqulov jamoaga jalb etildi. Timur Kapadze tomonidan taqdim etilgan umumiy roʻyxatdan 23 nafar futbolchi joy olgan.
Roʻyxatdan Abduvohid Nematov, Vladimir Nazarov, Hamidillo Abdunabiyev, Abduqodir Husanov, Asadbek Rahimjonov, Muhammadqodir Hamraliyev, Husniddin Aliqulov, Saidazamat Mirsaidov, Zafarmurod Abdirahmatov, Ibrohimhalil Yuldashev, Alibek Davronov, Abdurauf Boʻriyev, Behruz Askarov, Jasur Jaloliddinov, Ibrohim Ibragimov, Umarali Rahmonaliyev, Diyor Xolmatov, Ruslan Jiyanov, Alisher Odilov, Oston Urunov, Abbosbek Fayzullayev, Eldor Shomurodov va Husayn Norchayevlar joy olgan.

Eslatib oʻtamiz, bizning jamoa Parij Olimpiadasidagi ishtirokini 24-iyul kuni Ispaniyaga qarshi oʻyin bilan boshlaydi.
Avvalroq U-23 terma jamoamiz aʼzosi Abbosbek Fayzullayevning Ispaniyaga transferi borasiga oydinlik kiritilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring