Oʻzbekiston turizmi salohiyati Rossiya telekanallarida namoyish etilmoqda
Madaniyat va turizm vazirligi koʻmagida “Первый канал” telekanalining keng tomoshabinlar auditoriyasiga ega boʻlgan “Жизнь других” dasturining navbatdagi soni Oʻzbekistonga bagʻishlandi.
“Жизнь других” ijodiy guruhi mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan turli soha vakillari, jumladan, ichki ishlar organlari, sportchilar, sanʼatkorlar, tozalik boʻyicha kommunal xizmatlari vakillari bilan suhbat qildi, shuningdek, Toshkent shahrining tarixiy diqqatga sazovor joylarida tasvirga olish ishlarini olib bordi.
Maʼlumot uchun: “Жизнь других” teledasturining boshlovchisi Ukrainalik taniqli teleboshlovchi va rejissyor Janna Badoyeva tomoshabinlarga oddiy xorijliklarning hayoti haqida maʼlumot berib boradi. Xususan, shaharning tarixiy va sayyohlik manzillari, urf-odat va anʼanalari, mahalliy aholining turmushi tarzi, taomlari, oila xarajatlari, ish haqi, shaharning turmush darajasi, shifoxonalar, bolalar bogʻchalari, oylik kommunal toʻlovlar va nafaqaxoʻrlar hayoti toʻgʻrisida roliklar tayyorlaydi.
Shuningdek, Janna Badoyeva “Орёл и решкa” sayohat dasturi boshlovchisi sifatida juda mashhur boʻlib, ijtimoiy tarmoqlardagi kuzatuvchilari soni 3 million kishini tashkil etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring