Oʻzbekiston terma jamoasi “Strandja”da Qozogʻiston bokschilariga birinchilikni berib qoʻydi

22-fevral – 2-mart kunlari Bolgariyaning Sofiya shahrida 76-marta anʼanaviy “Strandja” xalqaro boks turniri boʻlib oʻtdi. Ushbu musobaqa jahon chempionati darajasiga tenglashtirilgani bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada 5 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Birinchi oʻrin Qozogʻiston terma jamoasiga nasib etdi, ular ham 5 ta oltin medalga ega boʻlishdi, ammo kumush medallar soni boʻyicha ustunlik qildi.
Musobaqada Qozogʻiston 26 nafar, Oʻzbekiston esa 17 nafar bokschi bilan ishtirok etdi. Shuningdek, terma jamoamizning yetakchi sportchilaridan biri, Olimpiada chempioni Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev jarohat sabab ishtirok eta olmadi. Abdumalik Xalokov esa professional boksdagi jangi tufayli mazkur musobaqada qatnashmadi. Bu holatlar umumiy natijalarga taʼsir oʻtkazgan boʻlishi mumkin.
“Strandja” turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi 8 nafar sovrindor bokschi bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Ular orasidan Shahzod Muzaffarov (54 kg), Xoʻjanazar Nortojiyev (57 kg), Fazliddin Erkinboyev (80 kg), Toʻrabek Xabibullayev (92 kg) va Jahongir Zokirov (+92 kg) oʻz vazn toifalarida oltin medal sohiblari boʻlishdi.
Shuningdek, Behruz Xoldorov (48 kg) musobaqada munosib ishtirok etib, kumush medalni qoʻlga kiritdi. Bronza medali esa Asilbek Jalilov (51 kg) va Javohir Ummataliyev (75 kg)ga nasib etdi.
Birinchilikni qoʻlga kiritgan qoʻshnilarimiz 5 oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronzaga ega chiqishgan.
Terma jamoamiz uchun ushbu turnir Olimpiadaga tayyorgarlikda muhim qadam boʻldi va sportchilarimiz oʻz kuchini yana bir bor namoyish etishdi. Ushbu musobaqada terma jamoamiz yuqori saviyadagi tayyorgarlikka ega ekanini yana bir bor isbotladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring