Oʻzbekiston terma jamoasi Angliyaga magʻlub boʻldi
Foto: OʻFA
Islom Ismoilov boshchiligidagi Oʻzbekiston U-17 jamoasi yil yakunida boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga jiddiy tayyorgarlik koʻrmoqda.
Jamoa 3–9-sentyabr kunlari Ispaniyada tashkil etiladigan tijoriy turnirda qatnashishi rejalashtirilgan edi. Kecha, 3-sentyabr kuni Ismoilov jamoasi musobaqadagi ishtirokini boshladi.
Dastlabki turda Oʻzbekiston oʻsmirlari Angliya U-18 termasi bilan kuch sinashdi. Uchrashuv 1:3 hisobi bilan inglizlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi kiritgan yagona golga Asilbek Aliyev mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi musobaqaning ikkinchi turida Kanada oʻsmirlari bilan kuch sinashadi. Ushbu uchrashuv 6-sentyabr kuni boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring