“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi H.Hosilov 3 oyda oʻz tizimida oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi
Foto: president.uz
Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
“Toshkent-Samarqand” va “Toshkent-Andijon” yoʻnalishlarida avtomobilda yoʻlovchi tashish vaqti oʻrtacha 1-1,5 soatga koʻpaydi. Lekin, temir yoʻl va avia qatnovlar soni va sifati talab darajasida emasligi koʻrsatib oʻtildi. Shu bois tegishli mutasaddilarga:
— vodiy viloyatlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlariga har kuni aviareyslarni yoʻlga qoʻyish;
— viloyat markazlaridan Toshkent, Nukus, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch shaharlariga avia va temir yoʻl qatnovlarini 2 baravar koʻpaytirish;
— kamida 500 ta eski tipdagi vagonlarni kelgusi ikki yilda rekonstruksiya qilish boʻyicha alohida dastur qabul qilish;
— viloyatlar hududidagi kongres-xoll, saroylar, mehmonxonalar infratuzilmasidan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish;
— shveysariyalik mutaxassislar bilan birga Buxoro, Zomin va Boʻstonliq turizm kollejlarida mehmonxona boshqaruvi, servis va boshqa yoʻnalishlarda yangi oʻquv dasturlari asosida oʻqitishni boshlash;
— “Ipak yoʻli” turizm universitetida mehmonxona va servis sohasida oʻrta boʻgʻin xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlab, yiliga kamida 1 ming nafar yoshlarni oʻqitish topshirildi.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi H.Hosilov 3 oyda oʻz tizimida oʻzgarish qilmasa, ishdan olinishi haqida ogohlantirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring