Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston prezidenti qabulida boʻldi
Uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni koʻrsatuvchi keng koʻlamli mavzular muhokama qilindi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy qabulida boʻldi. Bu haqda vazir Baxtiyor Saidov oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Unga koʻra, uchrashuv kun tartibida iqtisodiy diplomatiyadagi muhim imkoniyatlarni koʻrsatuvchi keng koʻlamli mavzular muhokama qilingan.
«Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy janobi oliylari tomonidan qabul qilinganimizdan gʻoyat mamnunmiz. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylarining samimiy salomlarini yetkazdik. Ikki tomonlama munosabatlarimizda hali foydalanilmagan ulkan salohiyatni roʻyobga chiqarishga qaratilgan Oʻzbekiston — Pokiston aloqalarini kengaytirish tarafdorimiz. Biz davlat tashkilotlari va xususiy sektor vakillari oʻrtasida mustahkam hamkorlikni ragʻbatlantiramiz», deb yozadi Baxtiyor Saidov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring