Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Pekindagi Xitoy Milliy muzeyiga tashrif buyurdi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi doirasida Oʻzbekiston Respublikasining Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Xitoy Xalq Respublikasi Raisining rafiqasi Pen Liyuan hamrohligida Pekindagi Xitoy Milliy muzeyini koʻzdan kechirdi.
Ushbu hashamatli muzeyda Chin mamlakatining 5000-yildan ortiq tarixidan soʻzlovchi 620 mingdan ortiq noyob eksponatlar saqlanadi.
Birinchi xonimlar muzeydagi Xitoyning boy madaniyati haqida soʻzlovchi nodir ekspozitsiyalarni katta qiziqish bilan tomosha qildilar.
Samimiy suhbatda xalqlarimiz madaniyati va qadriyatlari oʻxshashligi, rishtalarimiz koʻp ming yillik tarixga ega ekani, bularning barchasi bugungi munosabatlarimiz rivojiga kuchli surʼat bagʻishlayotgani qayd etildi.
Ziroat Mirziyoyeva xalqlarimizni yanada yaqinlashtirish, oʻzaro anglashuvni mustahkamlash maqsadida madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish muhimligini, mamlakatlarimizda muntazam oʻtkazib kelinayotgan Madaniyat kunlari bunga yorqin misol ekanini taʼkidladi.
Muzey bilan tanishuv iliq va samimiy ruhda oʻtdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring