Oʻzbekiston Prezidentining Misrga rasmiy tashrifi boshlandi

19:53 20 Fevral 2023 Siyosat
858 0

Foto: president.uz

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Qohira shahriga keldi.

Misr poytaxtining xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarining tashrifi munosabati bilan ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi, faxriy qorovul saf tortdi.

Oʻzbekiston yetakchisini Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi kutib oldi va samimiy qutladi. Davlat rahbarlarining qisqa uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Bugun davlatimiz rahbari Qohirada buyuk alloma bobomiz Ahmad Fargʻoniy tomonidan barpo etilgan “Miqyosi Nil” inshootiga tashrif buyuradi va Misr sivilizatsiyasi milliy muzeyi bilan tanishadi. Ushbu mamlakat yetakchi kompaniyalari va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuv oʻtkaziladi.

Tashrifning asosiy tadbirlari, shu jumladan oliy darajadagi muzokaralar ertaga, 21-fevral kuniga moʻljallangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?