Oʻzbekiston Prezidentining MDH sammitida migratsiya sohasidagi tashabbusi dolzarb muammoning yechimiga qaratilgan

Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi davlat Rahbarlari kengashining videoanjuman shaklidagi majlisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bir qator tashabbuslar bildirildi. Oʻzbekiston Rahbarining MDH hududidagi migratsion jarayonlar xususida bildirgan tashabbusi yuzasidan Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti eksperti Abror Yusupov bilan suhbatlashdik.
Avvalo, soʻnggi yillarda turli xalqaro tadbirlarda Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bildirilayotgan tashabbuslar nafaqat mamlakatimiz milliy manfaatlariga toʻla mos kelishini, balki ularning ushbu tadbirlarning kun tartibidagi asosiy masalalarga aylanayotganini taʼkidlash lozim.
Mazkur sammitda Shavkat Mirziyoyev MDH hududida ishlovchi mehnat migrantlarining malakasi, kasbiy salohiyati va tibbiy koʻrikdan oʻtganligi boʻyicha hujjatlarni oʻzaro tan olishning davlatlararo yagona mexanizmini yaratish hamda mehnat migratsiyasi boʻyicha hamkorlik Dasturini ishlab chiqish va qabul qilish tashabbusini ilgari surdi.
Asosiy maqsad — MDH hududida ishlayotgan mehnat migrantlarini ijtimoiy va huquqiy jihatdan himoya qilishdan iborat.
Ushbu tashabbuslar bir qator jihatlari bilan eʼtiborga molik. Xususan, mazkur tashabbuslarning amaliyotga faol tatbiq qilinishi MDHga aʼzo davlatlarning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi hamda Hamdoʻstlik hududida umumiy mehnat bozorining zamonaviy tendensiyalarga mos ravishda ijobiy oʻzgarib borishiga turtki beradi.
Pandemiya sharoitida bu juda muhim va strategik ahamiyatga ega. Zero, tashqi mehnat migratsiyasining tub mohiyatiga eʼtibor beradigan boʻlsak, unda oddiy odamlarning hayotiga guvoh boʻlamiz. Shu nuqtayi nazardan, MDH sammitida Sh.Mirziyoyevning tashabbusi tashqi migratsiyada band boʻlgan (shu jumladan, qiyin vaziyatga tushib qolgan) odamlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning huquqini himoya qilish, munosib ish sharoitini yaratish kabi dolzarb vazifalarni qamrab olgan.
Taʼkidlash kerakki, tashqi mehnat migratsiyasini tartibga solish, uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish jahon hamjamiyati oldida turgan ustuvor masalalardan biri hisoblanadi. Agarda raqamlarga eʼtibor beradigan boʻlsak, bugun dunyoda 1 mlrd. odam migratsion jarayonlarning ishtirokchisi hisoblanadi. Shundan 270 mln. kishi oʻz davlatidan tashqarida ishlaydi. Umuman olganda, har tomonlama tartibga solingan, xavfsiz tashqi migratsiya amalda ishchi kuchi resursining mobilligini oshiradi, ushbu sohada band boʻlgan odamlarning qoʻshimcha koʻnikma va bilimga ega boʻlishi uchun imkoniyat yaratadi.
Shu maʼnoda, davlatimiz rahbarining migratsiya sohasidagi tashabbusi ushbu yoʻnalishda MDH tashkilotining mavjud imkoniyat va salohiyatini yana-da toʻlaroq yuzaga chiqarish va bu orqali aʼzo-davlatlar fuqarolari hayot tarzini yaxshilashga qaratilgani bilan diqqatga sazovor. Bu esa, oʻz navbatida, Hamdoʻstlikka aʼzo davlatlar oʻrtasidagi munosabatlar rivoji uchun ham yangi imkoniyatlarni yaratadi.
Xulosa qilib aytganda, Oʻzbekiston raisligidagi MDHning ushbu sammiti, yaqin kelajakda oʻzining ijobiy natijasini berishi shubhasiz. Zero, ushbu tashabbuslar zamirida oddiy odamlar turmush tarzini yana-da yaxshilash, ularning farovonligini oshirish kabi muhim hayotiy masalalar mavjud.
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Oygul Xalilova vafot etdi
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Kartoshka narxi qachon pasayishi maʼlum boʻldi
- “Hamza Hasanovdan Gʻaybulla Tursunovgacha”: “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” mukofoti gʻoliblari aniqlandi
- Kelgusi hafta uchun ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi
- Alisher Navoiy ijodini oʻrganish — qalb amrimiz boʻlmogʻi darkor
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring