Oʻzbekiston Prezidenti Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Foto: Illustrativ surat
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga uning onasi vafot etgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Bu haqda davlatimiz rahbarining matbuot kotibi Sherzod Asadov yozdi.
«Mehribon va aziz volidai muhtaramangiz – Ogulabat Berdimuhamedovaning olamdan oʻtgani haqidagi xabar qalblarimizni chuqur qaygʻu va iztirobga soldi. Ogulabat edje oʻzining ibratli hayot yoʻli, chinakam mehnatsevarligi, odamlarga mehr-oqibati va kamtarligi bilan elu yurtingizning ulkan mehru muhabbatiga sazovor boʻlgan moʻtabar inson edi.
Oilangiz uchun katta yoʻqotish boʻlgan ushbu musibatli onlarda Siz, Janobi Oliylariga va barcha yaqinlaringizga, qardosh va doʻst Turkmaniston xalqiga hamdardlik tuygʻularimizni izhor etamiz», — deyiladi maktubda.
Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovga ham taʼziya yoʻlladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Yurakka ko‘milar asl shoirlar”
- Mirzo Bobur – buyuk imperiya asoschisi
- Navoiy viloyatida 2025-yil “Alisher Navoiy yili” deb nomlanadi
- Milliy gvardiyaga yangi vakolat berildi
- Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va tadbirkorlikka jalb qilish masalalari muhokama qilindi
- Prezident “Alisher Navoiy va Sharq Renessansi” IV xalqaro simpoziumi ishtirokchilariga tabrik yoʻlladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring