O‘zbekiston Prezidenti Saudiyaning “ACWA Power” kompaniyasi bilan strategik sheriklikni kengaytirish rejalarini qo‘llab-quvvatladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 avgust kuni “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyanni qabul qildi.
Saudiyaning ushbu kompaniyasi bilan amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish va mamlakatimizdagi ustuvor loyihalarni jadallashtirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari bugungi kunda O‘zbekiston energetika tarmog‘ini rivojlantirish va modernizatsiya qilishga eng ko‘p investisiya kiritayotgan “ACWA Power” bilan samarali sheriklik darajasini alohida mamnuniyat bilan qayd etdi.
Zamonaviy issiqlik elektr stansiyalari, shamol va quyosh energetikasi ob’yektlari, energetika infrutizilmasini barpo etish, “yashil” vodorod ishlab chiqarish, ilg‘or texnologik yechimlar asosida uskuna va butlovchi qismlarni mahalliylashtirish loyihalarini ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, Muhammad Abunayyan hamraislik qilayotgan qo‘shma Ishbilarmonlar kengashi doirasida Saudiyaning yetakchi kompaniya va bank institutlarini O‘zbekistonga jalb qilish borasidagi ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.
Uchrashuv yakunida “ACWA Power” raisi uning faoliyati yuksak baholangani va davlat mukofoti – “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangani uchun O‘zbekiston yetakchisiga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring