Oʻzbekiston Oʻshga 200 tonna insonparvarlik yordami joʻnatdi

15:54 16 Iyul 2024 Jamiyat
192 0

Foto: Telegram

Bugun, 16-iyul kuni Oʻzbekistondan seldan zarar koʻrgan Qirgʻizistonning Oʻsh shahri Qorasuv hududiga insonparvarlik yordamlari yetkazildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, 13 ta avtomashinaga ortilgan jami 200 tonna yuk Xoʻjaobod tumanidagi “Doʻstlik” chegara postidan olib oʻtilgan. Insonparvarlik yordami tarkibidan xoʻjalik, qurilish mollari, kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar oʻrin olgan.

Oʻzbekiston delegatsiyasiga Andijon viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov boshchilik qilgan. Hokim Oʻshdagi Yangi mahallasiga borib, aholiga Oʻzbekiston prezidentining salomi va hamdardligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning 14-iyul kuni Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida yoqqan kuchli yomgʻir natijasida Andijon viloyatidagi Jalaquduq va Xoʻjaobod tumanlarini oʻzaro bogʻlab turuvchi “Oq boʻyra soy” koʻprigi qulab tushgani haqida xabar bergan edik.

Mazkur texnogen oqibatida viloyat hududidan oqib oʻtuvchi Shahrixonsoy qirgʻogʻidan 10-12 yoshlardagi qizaloqning jonsiz tanasi topildi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, qizcha qoʻshni Qirgʻiziston hududidan oqib kelgan, jasad “Doʻstlik” chegara posti orqali Oʻsh viloyatiga joʻnatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер