Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati
Shu kunlarda Ashxobod shahrida boʻlib turgan Oliy Majlis Senati Raisi T.Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston Oliy Majlisi delegatsiyasi Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar keyingi yillarda yangi amaliy mazmun bilan boyitilayotgan Oʻzbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ijobiy dinamikasini mamnuniyat bilan qayd etdi.
Savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning muntazam ish olib borishini taʼminlash muhimligi taʼkidlandi.
Tomonlar ikki mamlakat hududlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, Oʻzbekiston va Turkmaniston ishlab chiqaruvchilari oʻrtasidagi sanoat kooperatsiyasini kengaytirishga koʻmaklashish maqsadida parlamentlararo muloqotni faollashtirish zarurligiga kelishib oldi.
Shuningdek, madaniy-gumanitar sohadagi hamkorlikni mustahkamlash, shu jumladan, bu yoʻnalishda ikki mamlakat aholisi uchun zarur qoʻshma tadbirlarni oʻtkazish amaliyotini davom ettirish masalalari muhokama qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring