Oʻzbekiston muzeylariga 2024-yil davomida qancha sayyoh tashrif buyurgan?

11:12 29 Avgust 2025 Jamiyat
189 0

Oʻzbekistondagi muzeylarga 2024-yil davomida 4,8 million kishi tashrif buyurgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi.

Mamlakatimizdagi eng koʻp tashrif buyuruvchilarga ega boʻlgan muzeylar roʻyxatida Samarqand davlat muzey-qoʻriqxonasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu muzeyga yil davomida 1 million 35 ming 325 nafar kishi tashrif buyurgan.

Shuningdek, Registon ansambli direksiyasi muzeyiga 908 ming 225 nafar, Shon-sharaf davlat muzeyiga 656 ming 355 nafar, Buxoro davlat muzey-qoʻriqxonasiga 489 ming 208 nafar hamda Ichan-qalʼa davlat muzey-qoʻriqxonasiga 456 ming 917 nafar kishi tashrif qilgan.

Muzeylarga tashrif buyurganlarning 1,4 million nafarini xorijiy sayyohlar tashkil qilgan. Maʼlumot uchun, 2025-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, Oʻzbekistondagi muzeylar soni 138 tani tashkil qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер