Oʻzbekiston muzeylaridagi noyob tarixiy eksponatlar Buyuk Britaniyada namoyish etiladi
Foto: “Dunyo” AA
Mamlakatimiz elchixonasi koʻmagida Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini rivojlantirish jamgʻarmasi va Madaniy meros agentligi vakillarining Londondagi Britaniya muzeyi rahbariyati bilan uchrashuvi tashkil etildi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, muzokaralar chogʻida Britaniya muzeyi negizida Oʻzbekiston madaniyatini targʻib qilish, ikki mamlakat muzeylari oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, 2024-yil sentyabridan 2025-yil martigacha Britaniya muzeyida Oʻzbekiston muzey eksponatlari namoyish etiladigan “Ipak yoʻli” koʻrgazmasini yuqori darajada tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.
Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekistondagi muzey kolleksiyalaridan ushbu koʻrgazmada namoyish etiladigan noyob eksponatlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Jumladan, mazkur koʻrgazmada Afrosiyob muzeyidagi elchilar tasvirlangan devoriy surat, Varaxshadagi qizil rangli xonadan olingan devoriy surat, Kofirqalʼadan topilgan noyob oʻymakor panno va Soʻgʻd davriga oid eksponatlar namoyish etiladi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning ilgari hech qayerda namoyish etilmagan ayrim noyob eksponatlari Britaniya muzeyi koʻrgazmasining durdonasiga aylanadi va bu, oʻz navbatida, mamlakatimiz tarixiy-madaniy merosini dunyoda yanada keng targʻib etishga xizmat qiladi.
Britaniya muzeyi dunyodagi qadimiy, eng katta va eng koʻp tomoshabin keladigan muzeylardan biridir. Muzeyga 1753-yilda qirollik shifokori va sanʼat kolleksioneri Xans Sloan tomonidan asos solingan. Muzey koʻrgazmalari 94 ta galereyadan iborat, ularning umumiy uzunligi 4 kilometr. Ayni paytda mazkur madaniy-tarixiy majmua qadimgi dunyoning noyob kolleksiyalariga ega jahondagi eng yirik tarixiy va arxeologik muzey hisoblanadi. Muzeyga har yili butun dunyodan 5,5-6 million kishi tashrif buyuradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring