O‘zbekiston Mudofaa vaziri Turkiyaning yangi mudofaa vazirini tabriklab, uni O‘zbekistonga taklif qildi
Foto: Mudofaa vazirligi
Joriy yilning 23 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Kurbanov va Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyuler o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti xabar berdi.
Suhbat avvalida general-leytenant B. Kurbanov general Ya. Gulerni Turkiya Milliy mudofaa vaziri lavozimiga tayinlanganligi bilan samimiy tabrikladi.
Muloqot davomida vazirlar ikki tomonlama hamkorlikning joriy holati va istiqboldagi rejalarni muhokama etishdi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik sohalardagi munosabatlarni yangi bosqichga ko‘tarish, jangovar tayyorgarlik va harbiy ta’lim yo‘nalishlarida aloqalarni yanada jadallashtirishga kelishildi.
Suhbat yakunida, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Turkiya Respublikasi Milliy mudofaa vaziri armiya generali Yashar Gyulerni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga taklif qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring